O‘zbekiston | 21:48 / 01.03.2022
8476
2 daqiqa o‘qiladi
Sakkiz nafar sudya intizomiy jazoga tortildi
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, mas’uliyatsizligi va faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun turli viloyatlarda ishlayotgan sakkiz nafar sudya intizomiy jazoga tortildi.
Jumladan;
- Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining raisi A. Bobomurodov;
- Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari I. Mirzayeva;
- Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyasi G. Tojiboyeva;
- Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyalari E. Abdullayev, D. Olimov;
- Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyalari M. Abidov, Z. Nuriddinov;
- Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi Sh. Ochilov intizomiy jazoga tortildi.
Avvalroq, o‘n nafar sudya mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun jazolangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
15:50 / 09.09.2023
“Bizning xalq befarq emas” – sudlar va sudyalar faoliyati haqida ochiq suhbat
07:53 / 31.08.2023
Sudyalikka talabgorlar sinovlarda nega 0 ball olganiga izoh berildi
18:07 / 26.08.2023
Navoiyda 4 ta hudud hokimi intizomiy jazoga tortildi
12:14 / 04.08.2023