Jizzaxda YTH sodir etgan mast haydovchi vafot etdi
U boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ariqqa borib urilgan va og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha 2022 yil 5 mart kuni soat 21:10 larda Jizzax viloyati Zafarobod tumanidan o‘tgan 4R-125 Lolazor-Zafarobod avtomobil yo‘lining 3-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Paxtakor tumani “Paxtakor” QFY da yashovchi fuqaro o‘zi ishlaydigan korxonaga tegishli bo‘lgan Lacetti mashinasini boshqarib kelayotib, YTH sodir etgan. Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Paxtakor tumanida yashovchi fuqaro tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, haydovchi mast holatda bo‘lgan va boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ariqqa borib urilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024