O‘zbekiston | 10:52 / 11.03.2022
7311
1 daqiqa o‘qiladi

10 kunda «prava» olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi 

Andijon shahrida 10 kun muddatda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, “Vatanparvar” tashkilotining Andijon avtomobil maktabi o‘qituvchisi Sh.S. fuqaro M.ga tanishlari orqali 10 kun muddatda “Ye” toifadagi haydovchilik guvohnomasini o‘quv darslariga qatnashmasdan olib berishni va’da qilib, evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Sirdaryoda fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.

Mavzuga oid