O‘zbekiston | 20:36 / 15.03.2022
7238
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Foto: YHXX

YHXXning xabar berishicha, 2022 yil 15 mart kuni soat 13:30 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, „Aqcha“ MFY hududidan o‘tuvchi "A-373-M-39-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh" avtomobil yo‘lida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan B.I. "Trailor CYY 2SX" rusumli tirkama ulangan "Man" rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda ulangan tirkama qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan va "Man" avtomobildan ajralgan holda qatnov qismiga ag‘darilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryoda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchragani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid