Iqtisodiyot | 16:18 / 16.03.2022
29802
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin o‘sishda davom etmoqda

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 330 so‘mdan oshdi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 180,26 so‘mga ko‘tarilib, 11 330,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro 177,98 so‘mga ko‘tarilib, 12 448,69 so‘m bo‘ldi.

Rubl 5,89 so‘mga ko‘tarilib, 105,15 so‘m bo‘ldi.

15 mart kuni dollarning rasmiy kursi 117,09 so‘mga ko‘tarilib, 11 150,12 so‘mni tashkil qilgandi. 16 mart kuni tijorat banklarida dollar kursi keskin o‘sib, 11 385 so‘mgacha yetdi.

Mavzuga oid