Iqtisodiyot | 21:39 / 01.11.2024
2808
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan

Bu qiymat 2026 yil uchun 13725 so‘m, 2027 yil uchun 14150 so‘m miqdorida hisoblangan.

Foto: Shutterstock

2025 yilga mo‘ljallangan budjet (*.pdf) parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan. Bunga iqtisodchi-bloger Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.

Qayd qilinishicha, 2025 yilda YaIM hajmi 1629 trln so‘mga yoki dollar ekvivalentida 123 mlrd dollarga yetishi maqsad qilingan. Bu va boshqa hisob-kitoblarda AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha yillik qiymati 13250 so‘mdan kiritilgan (2026 yil uchun 13725 so‘m, 2027 yil uchun 14150 so‘m).

Uning ta’kidlashicha, 2023 yil uchun norasmiy va yashirin iqtisodiyot qo‘shilib qayta baholangan YaIM hajmi 101,5 mlrd dollar miqdorida ko‘rsatilgan, 2022 yil uchun ham qayta hisoblangan.

Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlarni rejalashtirgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid