O‘zbekiston | 21:00 / 28.12.2023
29814
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yil uchun ijara haqining yangi minimal stavkalari belgilandi 

Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadiga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi. 

2024 yil 1 yanvardan bino yoki avtomashinani ijaraga beradigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi belgilandi. Bu 2024 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda qayd etilgan (.pdf)

Jumladan, turar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv.m. uchun oyiga):

- Toshkent shahrida – 25 ming so‘m;

- Nukus shahri va viloyat markazlarida – 12 ming so‘m;

- boshqa aholi punktlarida – 5 ming so‘m. 

Jumladan, noturar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv.m. uchun oyiga):

- Toshkent shahrida – 40 ming so‘m;

- Nukus shahri va viloyat markazlarida – 23,5 ming so‘m;

- boshqa aholi punktlarida – 10 ming so‘m. 

Shuningdek, yengil avtomobilni ijaraga berishning eng kam stavkasi oyiga 780 ming so‘m, mikroavtobus, avtobus va yuk avtomobili uchun 1 mln 550 ming so‘m qilib belgilangan. 

Qayd qilinishicha, mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadiga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi.

Mavzuga oid