O‘zbekiston | 22:07 / 16.03.2022
19188
2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi hudud aholisida yengil avtomobillar soni ko‘pligi haqida ma’lumot berildi

Foto: KUN.UZ

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 million 51 ming 734 tani tashkil etmoqda.

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxtliklarga tegishli yengil avtomobillar soni 503 030 tani tashkil etgan.

Qolgan hududlar bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 127 034 ta
  • Andijon viloyati – 206 076 ta
  • Buxoro viloyati – 196 858 ta
  • Jizzax viloyati – 85 899 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 242 068 ta
  • Navoiy viloyati – 89 526 ta
  • Namangan viloyati – 196 821 ta
  • Samarqand viloyati – 366 676 ta
  • Surxondaryo viloyati – 172 485 ta
  • Sirdaryo viloyati – 60 803 ta
  • Toshkent viloyati – 307 913 ta
  • Farg‘ona viloyati – 297 232 ta
  • Xorazm viloyati – 199 313 ta

Avvalroq, O‘zbekistonda har 1000 kishiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelayotgani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid