Sport | 20:50 / 19.03.2022
25763
2 daqiqa o‘qiladi

Chusovitina jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi

Misr poytaxti Qohirada sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: Sportni rivojlantirish agentligi

«Nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari munosib ishtirok etmoqda. Jahon kubogi bosqichida yurtimiz sharafini Oksana Chusovitina, Ominaxon Xalilova, Dildora Oripova, Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Habibullo Ergashev, O‘tkirbek Jo‘rayev kabi tajribali va iqtidorli sportchilar himoya qilishmoqda.

Bugun, 19 mart kuni jahon kubogining tayanib sakrash yo‘nalishida final bahslari yakuniga yetdi. Unda sport gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina muvaffaqiyatli qatnashdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi», - deyiladi Sportni rivojlantirish agentligi xabarida. 

Ma’lumot uchun, Qohiradagi musobaqalarda jahonning 33ta davlatidan eng kuchli sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Bu ishtirokchilar sonining ko‘pligi bo‘yicha jahon kubogi bosqichlari tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, 46 yoshli sportchimiz ikki hafta avval – 5 mart kuni Qatar poytaxti Dohada o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogida tayanib sakrash bo‘yicha 13,433 ochko jamg‘arib, oltin medalga ega chiqqan edi.

Mavzuga oid