Kaspiy dengizdagi Aqtau porti O‘zbekiston kompaniyalari uchun ochildi
Qozog‘istondagi Aqtau dengiz porti rahbariyati O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan yuk tashish bo‘yicha arizalarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
«Dunyo» axborot agentligining xabar berishicha, tegishli kelishuvga O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsuli va «Aqtau dengiz savdo porti» rahbariyati ishtirokidagi uchrashuvda erishilgan.
Uchrashuvda port orqali O‘zbekiston mahsulotlarini yaqin va uzoq xorijga eksport qilish masalalari muhokama qilingan.
Aqtau dengiz porti Kaspiy dengizning sharqiy qismida, Qozog‘istonning Mangistau viloyati hududida joylashgan. Onlayn xaritalarda Nukusdan bu portgacha bo‘lgan eng yaqin masofa 980 km ekanini ko‘rish mumkin.
Aqtau dengiz porti orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri Ozarboyjon, Eron, Rossiya va Turkmanistonga chiqish mumkin. Shuningdek, port orqali dengizdan o‘tgach boshqa davlatlar hududi orqali Turkiya va Yaqin Sharq mamlakatlariga borish mumkin bo‘ladi.
Ukrainadagi mojaro fonida O‘zbekiston savdo uchun yangi tranzit yo‘llarni qidirib topish va foydalanish bo‘yicha faol muzokaralarga kirishgan.
Xususan, 19 mart kuni O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit savdosi to‘g‘risidagi kelishuv asosida hindistonlik savdogar ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini yuborgani xabar berilgan edi.
Shuningdek, Pokiston rasmiylari bu tranzit muntazam ravishda amalga oshirilishi, O‘zbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan mahsulot olib kirish imkoniyatiga ega bo‘lishini bildirgan.
Mavzuga oid
09:47 / 07.11.2024
OAV: Ukraina birinchi marta Kaspiy dengizidagi RF kemalarini nishonga oldi
19:32 / 13.07.2023
Kaspiy ham qurimoqda. Qozog‘istonlik mutaxassislar dengizning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini e’lon qildi
18:57 / 16.12.2022
Rossiyalik senator: Biz Turkmanistondan Ozarboyjonga gaz quvuri qurilishiga ruxsat bermaymiz
19:55 / 03.12.2022