Jahon | 14:40 / 27.03.2022
41119
6 daqiqa o‘qiladi

Minalangan sohil, Xarkovdagi birodarlik mozori va metroda jon saqlayotgan kiyevliklar. Urush suratlari

Urush boshlanganiga bir oydan oshiq vaqt o‘tdi. Ukraina tomoni Sumi oblastidagi Trostyanets shahrini ozod qilgani haqida xabar berdi, bu shahar mart oyi boshidan buyon rossiyalik harbiylar qo‘lida edi. Shu bilan birga RF harbiylari Slavutich shahrini — 1986 yilda, avariyadan keyin evakuatsiya qilingan Chernobil AES xodimlari uchun qurilgan shaharni egallagan. Vladimir Zelenskiy harbiy harakatlar aks etgan surat va videolarni e’lon qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi - bunday materiallar dushman uchun koordinatalarni aniqlashda xizmat qilishi mumkin. Xuddi shu vaqtda Lvov raketa zarbalariga uchradi. 

Lvovda yong‘in va tutun — shahar rossiyaliklarning raketa zarbalariga uchrashi oqibatlari.
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar:

  • Lvov o‘qqa tutildi. Lvov shahri atrofidagi hududlarda rossiyaliklarning kamida to‘rtta raketasi portlagan. Besh kishi yaralangan, neftbaza va shahar infratuzilmasi obektlari shikastlangan; turar joy binolari jabrlanmagan. RF mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasini yonilg‘i bilan ta’minlagan yirik bazaga zarba berilgan.
  • Trostyanets ozod etildi. Ukrain harbiylari va partizanlar Sumi oblastidagi Trostyanets shahrini rossiyalik harbiylardan qaytarib oldi.
  • Slavutich bosib olindi. Rossiya qo‘shini Ukrainaning eng yosh shahri, Chernobildagi avariyadan keyin, 1986 yilda Kiyev oblastida tashkil etilgan shaharni egallashdi. Bu yerga ChAES ishchilari va oila a’zolari ko‘chirilgandi.
  • Evakuatsiya davom etmoqda. 10 ta gumanitar yo‘lakdan, rossiyaliklarning hujumlari davom etgani tufayli, shanba kuni atigi 5200 dan ortiq kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, jumladan qamaldagi Mariupoldan 331 kishi evakuatsiya qilingan.
  • Zelenskiy rus tili bilan xayrlashdi. U Ukrainada bu til bilan muammo bo‘lmagani, ammo rossiyaliklarning bombardimonlari rus tilida so‘zlashish uchun istaklarni yo‘q qilgan. So‘rovlar ukrainaliklar u bilan hamfikr ekanini ko‘rsatgan.
  • Ukraina qurolli kuchlarining ma’lum qilishicha, Sevastopoldagi tibbiy muassasalarga har kuni o‘rtacha 50 nafardan 100 nafargacha yaralangan rus askarlari keltirilmoqda.
Tanklar va boshqa og‘ir texnikalar Xarkov oblasti Izyum rayoni Topolskoye qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonda. Oblastdagi yirik shaharlardan biri Izyum uchun shiddatli janglar davom etmoqda, RF mudofaa vazirligi esa 24 mart kuni shahar egallangani haqida ma’lum qilgandi.
Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupolliklar vayron bo‘lgan uy hovlisidagi skameykada.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupoldan chiqqan ukrainaliklar mashinasi. Zaporojyega yetib olish uchun ular Rossiya harbiylari nazoratidagi Berdyanskdan o‘tishi kerak.
Stas Yurchenko / Gʼrati
Irpenlik ayol chamadondan kuchukchasini chiqarmoqda.
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Irpenlik qochqinlar bilan ishlovchi Ukraina politsiyasi xodimining emotsiyasi
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Volontyorlar bombalardan metroga yashiringan Kiyev aholisi uchun taom tayyorlamoqda. Urush boshidan buyon minglab kiyevliklar Kiyev metropolitenidagi stansiyalar va vagonlarda tunamoqda.
Mykhaylo Palinchak / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Volontyorlar Zaporojye kazaklari getmani Petro Sagaydachniyning Kiyevdagi haykalini qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘rab qo‘yishmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Odessadagi «Perron № 7» jaz-klubi musiqachilari balkonda turib o‘tkinchilar uchun konsert berishmoqda.
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Odessadagi plyajda «Ehtiyot bo‘ling, minalangan» yozuvi. Foto: Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Odessa milliy opera va balet akademik teatri binosi oldidagi barrikada - barrikadalar bugungi kunda shaharning asosiy ramzi.
Sedat Suna / EPA / Scanpix / LETA
Besh yoshli Misha Nikolayev shifoxonasi yerto‘lasida kitob o‘qimoqda. Rossiyalik harbiylarning raketa zarbalari vaqtida uning onasi vafot etgan, uning o‘zi yaralangan.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Xarkov atrofidagi birodarlik qabristonida marhumlarning ismlari yozilgan tablichkalar. Ularning ko‘p qismi o‘z ajali bilan vafot etgan — shunchaki dafn qiluvchilar topilmagan.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Lvov aholisi havo trevogasi sirenalari ovozi ostida bombabanagohga tushmoqda.
Joe Raedle / Getty Images
Lvov aholisi havo hujumi trevogasidan keyin bombabanagohda yashiringan. 26 mart kuni shaharga ruslar yana raketa zarbalari yo‘lladi.
Nariman El-Mofty / AP / Scanpix / LETA
Urush boshidan buyon Ukrainaning ko‘plab aholi punktlari zarbalarga uchramoqda. Kiyevda aholi bir oydan buyon aviazarbalardan saqlanish uchun metroga tushib yashamoqda
Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA
Poyezd vagonida yashayotgan bolalar. Kiyevdagi kabi Xarkovda ham aholi metrodan bombapanagoh sifatida foydalanmoqda
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Mariupoldagi uylar yonidan qazilgan qabrlar. Rossiya harbiylari tomonidan qamal qilingan shaharda qabristonga yetib borish mushkul, aholi vafot etganlarni hovliga ko‘mishga majbur bo‘lmoqda
Mixail Tereshchenko / TASS
Mariupoldagi turar joy binolari oldida yonib ketgan harbiy texnika
Mixail Tereshchenko / TASS
Xarkovda artilleriya zarbalaridan keyin chiqqan yong‘in
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Mariupol va Melitopoldan Zaporojyega kelganlar chiqqan avtobuslar kolonnasida qizi bilan o‘tirgan ayol
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Odessadagi armiya blokpostida turgan ukrain askari
Louai Barakat / SIPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid