O‘zbekiston | 12:59 / 29.03.2022
12774
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Bir qator viloyatlarning tog‘li tumanlarida qor yog‘di

Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatining tog‘li tumanlarida yana qor yog‘gan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2022 yil 28–29 mart kunlari O‘zbekistonning bir qator viloyatlari tog‘li tumanlarida qor yog‘gan. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob, Yakkabog‘, Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin, Toshkent viloyatining Parkent, Angren, Ohangaron, Samarqand viloyatining Urgut, Nurobod tumanlarida qor tushgan.

Tekisliklarga tushayotgan qor qisqa muddatda erib ketayotgan bo‘lsa, tog‘li tumanlarda hamma yoq oppoq bo‘lgan. Ayniqsa, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz tumanlarining tog‘li qishloqlarida qor qalinligi 5–10 santimetrga yetgan.

Avvalroq 17–18 mart kunlari ham O‘zbekistondagi aksariyat tog‘li tumanlarda qor yog‘gan va ayrim qishloqlarda qor qalinligi 15–20 santimetrgacha yetgandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Mavzuga oid