Jahon | 15:03 / 29.03.2022
9749
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Ukrainaga keldi

Grossi tashrifi davomida Ukrainadagi atom elektr stansiyalardan birida ham bo‘ladi.  

Foto: Anadolu Agency

Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Rafael Mariano Grossi Ukrainaga keldi.

“Onado‘lu” agentligining xabariga ko‘ra, u mamlakat yadroviy obektlari xavfsizligini ta’minlash hamda odamlar va atrof-muhitga xavf soluvchi avariyalarning oldini olish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish masalasini muhokama qiladi. 

Grossi tashrifi davomida Ukrainadagi atom elektr stansiyalardan birida ham bo‘ladi.  

Xabarda aytilishicha, tashrif mazkur hafta oxirigacha davom etadi. 

Grossi shuningdek, "atom energiyasi agentligi ekspertlarini muhim obektlarga jo‘natish"ni rejalashtirgan. 

Mavzuga oid