O‘zbekiston | 09:52 / 30.03.2022
10638
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatining to‘rtta tumanida IIB boshliqlari o‘zgardi

Bulung‘ur, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabot tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgargan.

Foto: Kun.uz

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Bulung‘ur, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabot tumanlarida IIBga yangi boshliqlar tayinlangan.

Jumladan:

  • Podpolkovnik Suvonqulov Zokir Latipovich Nurobod tumani IIB boshlig‘i etib tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha, Z.Suvonqulov Qo‘shrabot tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
  • Bunyod Jo‘raqulov Qo‘shrabot tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha B.Jo‘raqo‘lov Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
  •  Aslamjon Ochilov Kattaqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha A.Ochilov Nurobod tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
  • Podpolkovnik Otamurodov Abduvali Saidmurodovich Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha A.Otamurodov Kattaqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Jizzax viloyatida ham Jizzax shahri va yana bir nechta tumanlarda IIB boshliqlari o‘zgargandi.

Mavzuga oid