Jahon | 16:02 / 01.04.2022
20990
1 daqiqa o‘qiladi

Chernobil AES Ukraina nazoratiga o‘tgani ma’lum qilindi

Chernobil AES ustidan nazorat fevral oxirlarida rossiyalik harbiylar qo‘liga o‘tgandi.  

Foto: Gleb Garanich/Reuters

Chernobil AES ustidan nazorat Ukrainaga qaytarildi, deb ma’lum qildi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA).

Ukraina tomonining ma’lumot berishicha, rossiyalik harbiylarning ikki kolonnasi Belarus tomon yo‘l olgan. Stansiya xizmatchilari yashaydigan Slavutichdagi harbiylar ham shaharni tark etgan.

"Shuningdek, Ukraina Chernobil AES maydonida Rossiya kuchlarining bir qismi qolgani, ammo ular ham bu yerni tark etishga tayyorlanayotganini bildirdi", - deyiladi XAEA xabarida.

Avvalroq XAEA rahbari Rafael Grossi Ukrainaga tashrif buyurgan, so‘ngra Kaliningrad shahrida Rossiya hukumati vakillari bilan muzokara o‘tkazgandi.

Rossiya mudofaa vazirligi fevral oxirlarida Chernobil AES ustidan nazorat rossiyalik harbiylar qo‘liga o‘tganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid