O‘zbekiston | 16:22 / 12.04.2022
12186
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda ikkita tuman prokurori o‘zgardi

Buxoro viloyatining Shofirkon va Kogon tumanlariga yangi prokurorlar tayinlandi.

Bosh Prokurorning buyrug‘iga asosan Bahodir G‘ulomov Kogon tumani prokurori lavozimida ish boshladi. U tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokuraturasi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bahodir G‘ulomov

Kogon tumanining sobiq prokurori Bekzod Yarashev Shofirkon tumani prokurori lavozimiga tayinlangan.  

Bekzod Yarashev

Shofirkon tumani prokurori Abbos Eshmurodov esa Bosh prokuratura voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.

Mavzuga oid