EPAM Systems kompaniyasi Rossiya va Belarusdagi yuzlab xodimlarini O‘zbekistonga ko‘chirdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019 yilda EPAM kompaniyasining filiali ochilgan, 2021 yil o‘rtalarida bu yerda 150 nafarga yaqin mutaxassis ishlagan.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi EPAM Systems kompaniyasi Belarus va Rossiyadagi xodimlarini O‘zbekistonga ko‘chirdi, deb xabar berdi Forbes.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, gap bir necha yuz kishi haqida bormoqda.
«Bizning O‘zbekiston uchun ochilgan chatimizda 600ga yaqin odam bor, demak, mingga yaqin xodim ko‘chib kelgan», — degan kompaniya xodimlaridan biri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019 yilda EPAM kompaniyasining filiali ochilgan, 2021 yil o‘rtalarida bu yerda 150 nafarga yaqin mutaxassis ishlagan.
EPAM O‘zbekistondagi IT-park rezidenti ham hisoblanadi.
EPAM Systems 1993 yilda AQShda belaruslik tadbirkorlar Arkadiy Dobkin va Leonid Lozner tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya bosh qarorgohi Qo‘shma Shtatlarda joylashgan bo‘lib, EPAM 40dan ortiq mamlakatda faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
20:37 / 31.07.2024