Mudofaa vazirligi temiryo‘l orqali tashilayotgan harbiy texnikalar yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda temiryo‘l vagonlarida harbiy texnikalar olib o‘tilgani bo‘yicha tarqalgan videolar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq har yili ta’mirlash zavodlari negizida kapital va o‘rta ta’mirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qo‘shinlarda rejaviy almashtirish ishlari amalga oshirib boriladi.
Tarmoqlarda tarqalgan videoda aynan shu jarayonlar, ya’ni ta’minot va shaxsiy tarkibni tashish uchun mo‘ljallangan texnikalarning qo‘shinlarga yuborilishi aks etgan.
Avvalroq, o‘zbekzabon Telegram-kanallarida «Toshkent aeroporti yonidagi temiryo‘ldan vagon-vagon harbiy texnikalar olib o‘tilgani, bu harbiy texnikalar qayerga nima uchun olib ketilgani bizga qorong‘i», degan videolar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
17:54 / 31.08.2024
Markaziy harbiy okrugda zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash yo‘lga qo‘yildi
16:12 / 29.08.2024
AQSh harbiy texnikalarini O‘zbekistonda qoldirmoqda. «Tolibon» nega norozi?
21:42 / 20.08.2024