O‘zbekiston | 10:22 / 28.04.2022
68323
3 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: so‘nggi 100 yilda xonliklarni boshqargan hukmdorlar 

Amir Temur vafotidan keyin temuriy shahzodalar o‘rtasidagi taxt talashuvlari natijasida Movarounnahr hududi parchalanadi. XVI asrlardan bo‘linishni boshlagan yerlarda keyinchalik Xiva, Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi tuziladi. Kun.uz 3 hududni so‘nggi 100 yillikda boshqargan hukmdorlar fotolarini taqdim etadi.

XIX asr boshlarida o‘zbek qo‘ng‘irotlar sulolasi Xiva xonligida hokimiyatni rasman egallagan. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan hukmdor. Xiva xonlaridan ayrimlarining surati bugungi kungacha saqlanib qolgan.

Foto: xorazmiy.uz

Muhammad Rahimxon II, Xiva xonligining so‘nggi mustaqil hukmdori. 1864-1910 yillarda hukmdorlik qilgan. U Feruz taxallusi bilan ijod qilgan.

Foto: xorazmiy.uz

Xiva xoni Muhammad Rahim II (Feruz) o‘z mahramlari va rossiyalik mehmonlar bilan.

Foto: xorazmiy.uz

Asfandiyorxon, Muhammad Rahimxon II ning o‘g‘li, 1910-1918 yillarda hokimiyat tepasida bo‘lgan.

Foto: Wikipedia

Tarixiy hujjatlarda Asfandiyorxon Isfandiyorxon deb ham yoritiladi.

Foto: Wikipedia

Said Abdullaxon, Asfandiyorxonning ukasi. 1918-1920 yillarda Xivani boshqargan so‘nggi xon.

Qo‘qon xonligiga o‘zbeklarning minglar urug‘idan bo‘lgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan.

Foto: Wikipedia

Amir Umarxon, Qo‘qonning 10-xoni. U “Amiriy” taxallusi bilan she’rlar yozgan. 1809-1822 yillarda Qo‘qonni boshqargan.

Foto: Wikipedia

Xudoyorxon, Qo‘qonning 13-xoni Sheralixonning o‘g‘li. 1845-1875 yillarda tanaffus bilan Qo‘qonda hukmdorlik qilgan.

Foto: Wikipedia

Nasriddinxon, 1875-1876 yillarda hokimiyatga chiqqan, Qo‘qonning so‘nggi xoni.

1756 yildan o‘zbek sulolasi ashtarxoniylar o‘rniga kelgan o‘zbek mang‘itlar sulolasi vakillari o‘zlarini amir deb atashgan. Shunga ko‘ra, davlat Buxoro amirligi deb atala boshlangan.

Foto: Wikipedia

Amir Nasrullo, Buxoro amirligini boshqargan mang‘itlar – o‘zbek sulolasining 7-hukmdori va shu sulolaning 5-amiri. 1827-1860 yillarda hukmdorlik qilgan.

Foto: Wikipedia

Amir Muzaffar, Amir Nasrulloning o‘g‘li. 1860-1885 yillarda Buxoro amirligi tepasida bo‘lgan.

Foto: Wikipedia

Amir Abdulahad, Amir Muzaffarning o‘g‘li. 1885-1910 yillarda Buxoroda hukmdorlik qilgan.

Foto: Wikipedia
Foto: Wikipedia

Amir Said Olimxon, Amir Abdulahadning o‘g‘li. 1910-1920 yillarda Buxoroni boshqargan. Buxoroning so‘nggi amiri.

Foto: Wikipedia

Mavzuga oid