Prokuratura O‘zDJTU talabasi o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan ma’lumot berdi
Rasmiy xabarga ko‘ra, marhum 21 yoshli yigit 2-kurs talabasi bo‘lgan. Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.
Bosh prokuratura O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-kurs talabasi universitet 4-qavatidan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilgani bo‘yicha rasmiy axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea bugun, 29 aprel kuni soat 08:10 larda ro‘y bergan. Marhum talaba (erkak) 2001 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.
Hodisa sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta’siri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishining oldini olish maqsadida, jinoyat protsessual qonunchiligiga rioya qilgan holda, Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:25 / 23.08.2024
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9 sentabrda boshlanadi
15:45 / 19.08.2024
Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi
10:56 / 18.08.2024
1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi
19:22 / 17.08.2024