O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 ta vagonda insonparvarlik yordami jo‘natdi
Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekistonning birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami 58 ta vagondan iborat ezgulik poyezdida Termiz shahridagi "Ayritom" chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatga jo‘natilgan.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Afg‘onistonga O‘zbekistondan yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordami ichida quyidagilar bor:
- 16 ta vagonda 1000 tonna un;
- 5 ta vagonda guruch;
- 1 ta vagonda 12 000 dona ikra;
- 1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechene;
- 1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
- 1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
- 1 ta vagonda 100 000 dona vaksina, 100 000 dona kovid-test, 20 000 dona kiyim-kechak, 10 tonna yog‘;
- 2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
- 1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
- 29 ta vagonda 2000 tonna bug‘doy.
O‘tgan yil dekabr oyi oxirlarida ham Afg‘onistonga Termiz orqali insonparvarlik yordami jo‘natilgandi.
O‘shanda 63 ta vagondan iborat ezgulik poyezdidagi yuklar oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat ekani, u O‘zbekistondan afg‘on xalqiga beg‘araz yordam shaklida yuborilgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:45 / 02.11.2024
Qo‘shtepa kanali bo‘yicha afg‘on-o‘zbek muzokaralarning uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
10:00 / 02.11.2024
Prezident maxsus vakili Niderlandiya elchisi va AQSh eksperti bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
17:01 / 29.10.2024
Afg‘onistonda ayol olti egizakni dunyoga keltirdi
07:30 / 28.10.2024