Jahon | 14:26 / 13.05.2022
24936
5 daqiqa o‘qiladi

Yer ostidagi hayot va yo‘l yoqasidagi qabrlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 78-kuni o‘tdi.

Germaniyaning Frankfurt aeroportida Polshadan 30 nafar ukrainalik yarador askar olib kelinishini kutib turgan tez tibbiy yordam mashinalari. Foto: AP Photo/Michael Probst

Ukrainada urush bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar

  • The Wall Street Journal Kiyev oblastidagi Motijin va Yasnogorodka posyolkalari o‘rtasidagi «o‘lim yo‘li» haqida xabar berdi — u yerda 37 kishining jasadi topilgan.
  • «Azov» polki komandiri Svyatoslav Palamar «Azovstal» zavodi hududida tinch aholi vakillari qolmaganini aytdi — ularning barchasi evakuatsiya qilingan. Ukraina hukumati «Azovstal» himoyachilarini rossiyalik harbiy asirlarga almashishga tayyorligini aytgan.
  • Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ertalabki ma’lumotlarida rossiyaliklar Donbassda hujum qilayotgani, Xarkov atrofida esa mudofaalanayotgani hamda chekinayotgani, boshqa joylarda otishmalar davom etayotganini ma’lum qildi.
  • Amerikadagi urushlarni tadqiq qiluvchi institut 12 may kunidagi vaziyat bo‘yicha qilgan tahlilida Rossiya armiyasi Izyum janubidan bostirib kirib, ukrainlarning Donbassdagi yirik guruhini qurshovga olish rejasidan voz kechishga majbur bo‘lgani va endi kichikroq ko‘lamdagi vazifalar to‘g‘risida qayg‘urayotgani aytilgan.
  • Finlandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto mamlakat katta ehtimol bilan keyingi haftadayoq NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risida ariza topshirishi va o‘sha vaqtda bu ishni Shvetsiya ham qilishi kutilayotganini aytdi.

Donetsk oblasti

Pilipchatino osmonida raketalardan qolgan izlar. Hozirda Donbassda faol harbiy harakatlar davom etmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Pilipchatinodagi uy artilleriya zarbalaridan keyin
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut shahrida Rossiya harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan uy vayronalari orasida chaqaloq karavoti ko‘rinmoqda
AP Photo/Andriy Andriyenko

Xarkov 

Urush davrida bombapanagoh sifatida foydalanilayotgan metro bekati. Ukrain harbiylari hozirda Xarkov atrofida muvaffaqiyatli yurish qilmoqda
Mstyslav Chernov / AP / Scanpix / LETA
Metro bekatlaridan biridagi vagonda yashayotgan qiz
Mstyslav Chernov / AP / Scanpix / LETA
Adabiyot kafedrasi dotsenti Mixaylo Spodarets uyining yerto‘lasidan turib talabalariga onlayn dars o‘tmoqda
AP Photo/Mstyslav Chernov

Zaporojye oblasti, Kamishevaxa posyolkasi 

Mahalliy aholi vakili zarbaga uchragan uyini tozalamoqda. Zaporojye ma’muriyatiga ko‘ra, aholi yashovchi rayon o‘qqa tutilishi oqibatida kamida bir kishi vafot etgan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Zarbalar oqibatida uyi vayron bo‘lgan kamishevaxalik keksa yoshli ayol
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev 

Kiyev markazida samokatda harakatlanayotgan yoshlar. Shahar meri Vladimir Klichko hozircha shaharga qaytmoqchi bo‘layotganlarning xavfsizligi to‘liq ta’minlanmaganini aytib kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt hamon «Rossiyaning asosiy maqsadi» bo‘lib qolmoqda.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Yonilg‘i quyish shoxobchasi tomon o‘z avtomobilini itarib borayotgan kishilar. Ukrainada — yonilg‘i tanqisligi kuzatilmoqda. Kiyevdagi shoxobchalarning yarmi yopilgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev atrofidagi janglarda yakson etilgan rus tanki poytaxtda ko‘rgazmaga qo‘yildi
AP Photo/Efrem Lukatsky

Mariupol 

Mariupolda zarbalar vaqtida vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uy. Shahar rossiyalik harbiylar tomonidan ishg‘ol etilgan, ammo «Azovstal» zavodida joylashgan ukrain harbiylari qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda.
Petr Kovalev / TASS
DXR FVV xodimlari Mariupol uchun shiddatli janglar vaqtida vayron bo‘lgan Dramatik teatr binosi hududida ishlamoqda. Bu yerga yuzlab kishilar yashiringan vaqtda binoga bomba tashlangan. Foto: AP Photo

Rubejnoye, Lugansk oblati 

Shahar ko‘chalaridan biridagi mozor. Rubejnoye «Xalq komendanti» («Kambrod» nomli) RIA Novosti agentligiga shahar LXR kuchlari nazoratida ekanini aytgan, ammo shahar uchun janglar davom etmoqda.
Stanislav Krasilnikov / TASS
Mahalliy aholiga yegulik tarqatilishi. Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS
Shaharning ko‘rinishi. Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS

Dnepr 

Kun botish vaqtida sayrga chiqqan juftlik. Dneprga hozirgacha Ukrainaning boshqa hududlaridan 90 mingga yaqin kishi ko‘chirib kelingan.
Daniel Ceng Shou-Yi / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Mavzuga oid