Jahon | 15:10 / 16.05.2022
4199
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoqda samolyot bortida niqob taqish talabi bekor qilindi 

Avstriyada barcha koronavirus cheklovlari bekor qilindi.

Foto: NurPhoto

Yevroittifoq hududida pandemiya sababli joriy etilgan samolyot bortida niqob taqish talabi bekor qilindi. YeI hukumatlari qaroriga ko‘ra, 16 maydan boshlab samolyot va aeroportlarda niqob va respirator taqish tavsiyaviy tusga ega bo‘ladi.

O‘z navbatida, Germaniya avvalgidek samolyot bortida niqob taqish talabi amalda bo‘lishi haqida ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Avstriyada barcha koronavirus cheklovlari bekor qilindi. Endilikda mamlakatga kirish uchun emlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki koronavirusga manfiy test natijasini ko‘rsatish shart emas.  

Fransiyada ham 16 maydan boshlab yerusti jamoat transportida niqoblardan foydalanish talabi bekor bo‘ldi. Bundan buyon faqat shifoxona yoki qariyalar uylaridagina niqobda bo‘lish talab qilinadi.

Mavzuga oid