Angren shahriga yangi hokim tayinlandi
Alisher Rayimov Angren shahar hokimi etib tayinlandi.
Alisher Abdumalikovich Rayimov Toshkent viloyati Angren shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
A.Rayimov 1981 yil Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005 yil Toshkent davlat texnika universitetini, 2020 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining “Tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasini joriy etish direksiyasi” filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Angren shahrining avvalgi hokimi Nuriddin Abdurahimov 11 may kuni hayotdan ko‘z yumdi.
Nuriddin Abdurahimov 2022 yilning yanvar oyidan buyon Angren shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024