Andijonda shifokorlar bemor qornida salfetkani unutib qoldirdi
Andijon viloyatining Asaka shahar tug‘uruqxonasida bemor qornida unutib qoldirilgan salfetka 9 oy o‘tib jarrohlar tomonidan olib tashlandi. Tuman hokimligi hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumanida istiqomat qiluvchi, 1994 yilda tug‘ilgan O‘.D. 2020 yil 5 oktabr kuni Asaka tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 2-sonli tug‘uruq uyiga qabul qilib olingan.
Ma’lum qilinishicha, homilador ayolda jarrohlik muolajasi kesarcha kesish usulida o‘tkazilgan. 2020 yil 7 oktabr kuni jinsi o‘g‘il, vazni 3600 gramm bo‘lgan chaqaloq tug‘ilgan. 12 oktabr kuni O‘.D.ga chaqaloq bilan uyiga ketishga ruxsat berilgan.
Shu bilan birga, 2021 yil 16 avgust kuni O‘.D. Asaka tuman ShTYoB bo‘limiga o‘tkir bitishmali ichak tutilishi tashxisi bilan yotqizilgan.
Tashxis vaqtida bemorning ingichka ichagiga yot jism tiqilib qolgani aniqlangan. Yot jism olingan va u salfetka ekani aniqlanib, ichak jarohati tikilgan. 2021 yil 28 avgust kuni bemorga uyiga ketishga ruxsat berilgan.
Bildirilishicha, videoyozuv kelgusida shifokorlar orasida tashxis vaqtida bunday qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, shifokorlarning hushyor bo‘lishi uchun olingan va noma’lum shaxs tomonidan tarqatib yuborilgan.
Mavzuga oid
07:25 / 20.04.2024
Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
09:56 / 05.03.2024
Asaka tuman prokurori o‘rinbosari va IIB tergov bo‘linmasi sobiq xodimini qo‘lga oldi
15:08 / 13.07.2023
UzAuto Motorsʼning Asakadagi zavodi qachon ishga tushirilishi ma’lum qilindi
21:11 / 01.07.2023