Investitsiyalar vazirligi vakillari davlat tuzilmalarida muhim lavozimlarga tayinlandi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari yangi lavozimlarga tayinlandi.
Davlat rahbari va hukumat qarorlariga muvofiq Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining bir qator tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari yangi lavozimlarga tayinlandi.
Ijtimoiy soha va farmatsevtika sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Egamov Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yengil va elektr sanoati boshqarmasi boshlig‘i Mirmuhsin Sultonov “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Geologiya, tog‘–kon sanoati, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish materiallari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bunyod Egamberdiyev O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Xitoy bilan hamkorlik qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shohjahon Jumayev O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
1 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov vazirlik jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida yuqoridagi rahbarlarning yangi lavozimlarga tayinlangani bilan tabriklab, keyingi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024