Zelenskiy Donbassdagi front chizig‘iga bordi
Yaqinda Xarkovdagi front chizig‘ida bo‘lgan Zelenskiy bu safar Ukraina sharqiga bordi.
Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Zaporojye va Donbassdagi pozitsiyalarida bo‘ldi. 6 iyunga o‘tar kechasi Ukraina prezidenti telegram-kanalida safar davomida olingan suratlar va prezidentning safar yakunlari bo‘yicha videomurojaati joylangan.
Front chizig‘ida Zelenskiy harbiylar bilan gaplashgan, operativ vaziyat bo‘yicha hisobotlarni tinglagan, shuningdek davlat mukofotlarini topshirgan.
Zaporojyeda esa xavfli hududlardan ko‘chirib keltirilgan oilalar bilan uchrashgan.
«Lisichansk va Soledarda bo‘ldim. Uchrashgan, qo‘l siqib ko‘rishgan, gaplashgan odamlarimning har biri bilan faxrlanaman. Harbiylarga nimalardir olib keldim. Bu haqda batafsil gapirmayman. Ulardan esa sizlarga nimalardir olib qaytdim. Bu muhim. Ishonch keltirdim. Va kuch ham. Ukrainaga shon-sharaflar!» — degan Zelenskiy.
Lisichansk ayni vaqtda bir qismi rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan Severodonetsk shahriga yondosh joylashgan.
Soledar — rossiyalik harbiylar tahdid solib turgan Baxmutdan shimolda, Severodonetsk va Lisichanskni Ukrainaning asosiy hududi bilan bog‘lovchi trassa bo‘yida joylashgan.
Zaporojye oblastining bir qismi rossiyalik harbiylar nazoratida qolmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 17.09.2024
Frontdagi vaziyat: Ukrainaning Donetsk yaqinidagi guruhiga qurshov tahdid solmoqda
15:25 / 13.09.2024
Donbassda Qizil Xochning uch xodimi halok bo‘ldi
11:44 / 08.09.2024
«Talonchilik bilan aynan harbiylar shug‘ullanayotganidan xabaringiz yo‘qmi?» Kurskliklar nega o‘z uylarini tark etishdan qo‘rqmoqda
20:03 / 29.08.2024