Toshkent shahri yashillik darajasi 27 foiz - O‘zgidromet
O‘zgidromet ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining yashillik darajasi 3 foiz ekani haqida tarqalgan xabarlarga raddiya berdi. Bu ma’lumot texnik sabablarga ko‘ra xato ketgan.
7 iyun kuni AOKAda respublika hududlarida va Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi monitoring natijalari holatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgandi. Unda O‘zgidromet bosh direktor o‘rinbosari Ibratjon Karimov Toshkent shahrining 3 foiz qismi yashillik bilan qoplangani haqida ma’lumot bergan.
Bosh direktor bergan ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgach, O‘zgidromet berilgan ma’lumotga raddiya e’lon qildi.
Unda aytilishicha, O‘zgidromet axborot xizmati mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrining yashillik qismi bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgan.
"Shu tufayli axborot berilayotganda kamchilikka yo‘l qo‘yilgan. Bugungi kunda shaharning yashillik darajasi 26,8 foizni tashkil etadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun jamoatchilikdan uzr so‘raymiz", – deyilgan xizmat xabarida.
Mavzuga oid
11:46 / 14.11.2024
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
16:21 / 11.11.2024