Iqtisodiyot | 08:26 / 09.06.2022
21548
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mahsulotlari asosan Xitoyga sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston eksportidagi yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida  O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 826 mln dollar.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 700 mln dollar va 577 mln dollarlik mahsulotlar sotilgan Rossiya va Turkiya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

Qozog‘iston – 367 mln;
Qirg‘iziston – 262 mln;
Afg‘oniston – 235 mln;
Tojikiston – 139 mln;
Kanada – 69 mln; 
Eron – 50 mln;
Turkmaniston – 49 mln AQSh dollari.

Bundan oldin O‘zbekistonga import olma asosan Erondan olib kelinayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid