Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani urushdan oldingi 9,5 foizga tushirdi
Rossiya banki asosiy stavkaning 11 foizdan 9,5 foizgacha pasayishi haqida e’lon qildi, bu inflatsiyaning sekinlashishi, shuningdek, iqtisodiy faollikning kutilganidan kamroq sezilarli darajada pasayishi bilan izohlanadi.
Rossiya Markaziy banki o‘zining asosiy stavkasini yillik 11 foizdan 9,5 foizga tushirdi - bu Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlashidan oldingi daraja. 10 iyun, juma kuni qarorni e’lon qilar ekan, regulyator Rossiya iqtisodiyoti uchun hali ham og‘ir tashqi sharoitlar va «iqtisodiy faoliyatga jiddiy cheklovlar» mavjudligiga ishora qildi.
«Shu bilan birga, inflatsiyaning sekinlashishi tezroq, iqtisodiy faollikning pasayishi esa aprel oyida Rossiya banki kutganidan ko‘ra kamroq miqyosda yuz bermoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, may va iyun oyining boshlarida joriy narxlarning past o‘sish sur’atlari qayd etiladi», deyiladi regulyator xabarida. Ta’kidlanishicha, bunday tendensiyaga «rubl almashuv kursining dinamikasi hamda aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari sezilarli darajada pasayishi sharoitida shoshilinch iste’mol talabi ta’siri tugagani yordam berdi».
Rossiya Markaziy bankining prognoziga ko‘ra, 2022 yilda yillik inflatsiya darajasi 14,0-17,0 foiz darajasida saqlanib qoladi va 2023 yilda u 5,0-7,0 foizgacha kamayadi. 2024 yilda Rossiya regulyatori inflatsiya darajasining 4 foizga qaytishini kutmoqda.
Fevral oyi oxirida, Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlari boshlangani va bu borada kiritilgan g‘arb sanksiyalari, shuningdek, rubl kursi keskin tushib ketganidan so‘ng, Rossiya banki asosiy stavkani 20 foizga oshirdi. Aprel oyida u asta-sekin pasayishni boshladi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024