Aldanib qolmang! Firibgarlar internetda yutuqli o‘yinlar haqida feyk tarqatmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan zaruriyati bo‘lmaganda, o‘zi bilmagan va ishonmagan har xil so‘rovnoma, savol-javob, aksiyalar, elektron havolalar, elektron va onlayn o‘yinlar va boshqa feyk e’lonlarga kirmaslikni so‘rab qolamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways va "O‘zbekneftgaz" kompaniyalari tomonidan yutuqli o‘yinlar o‘tkazilayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, mazkur ma’lumotlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
“Bugun internet tarmog‘ida Uzbekistan Airways Safe Takeoff kompaniyasining 30 yilligini nishonlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlov haqida yolg‘on ma’lumotlar keng tarqaldi. Ushbu tanlov doirasida 3 000 000 so‘m pul mablag‘i va sovg‘alar o‘ynalishi e’lon qilingan. Uzbekistan Airways yo‘lovchilardan plastik karta ma’lumotlarini notanish saytlarga va havolalarga kiritmaslikni va bunday firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni so‘rab qoladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Shuningdek, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan so‘rovnomani to‘ldirish orqali 5000 dollar yutib olishni taklif qiluvchi havolalar ham firibgarlarning navbatdagi tuzog‘i hisoblanadi
Internet va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan zaruriyat bo‘lmaganda, o‘zi bilmagan va ishonmagan har xil so‘rovnoma, savol-javob, aksiyalar, elektron havolalar, elektron va onlayn o‘yinlar va boshqa feyk e’lonlarga kirmaslikni hamda o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etib aldanib qolmaslikni so‘rab qolamiz.
Mavzuga oid
13:00 / 30.01.2024
Rossiyada 72 yoshli ayol “harbiylar haqida feyk xabarlar tarqatgani uchun” qamaldi
14:46 / 04.02.2023
Xabarlar tarjimasi, adminlarga yangi huquqlar va yangi emojilar - Telegram'da 2023 yildagi ilk yangilanishlar
21:36 / 18.01.2023
“Bu shaxsiy daxlsizlik chegarasini qo‘pol buzish” – “prank”chilar haddidan oshmoqda
01:37 / 12.01.2023