FVV Chorvoq suv omboridagi chiqindilar bilan bog‘liq videoga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq suv omborining kichik qismida chiqindi yig‘ilgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, vaziyat sinchkovlik bilan o‘rganilganda, bu asosan daraxtlar, novdalar va o‘simliklarning boshqa qismlari bo‘lganligi aniqlandi.
“Bu massa tabiiy ravishda Chorvoq suv omboriga oqib tushadigan Piskom daryosi orqali tushgan. Gap shundaki, kechagi kuchli yomg‘ir paytida yuqorida aytib o‘tilgan daryoga sel tushdi va bu tabiiy chiqindini olib keldi”, deyiladi xabarda.
Ekologlarning fikriga ko‘ra, bu keng tarqalgan tabiiy hodisa hisoblanadi. Tegishli xizmatlar darhol kelib, suv omborini chiqindidan tozalagani aytiladi.
Mavzuga oid
15:54 / 19.09.2024
Tinch okeanidagi ulkan chiqindi dog‘i: uni tozalashga 7,5 mlrd dollar ketadi
10:18 / 12.09.2024
Chiqindilarni olib ketish bo‘yicha ommaviy oferta joriy etildi
20:38 / 05.09.2024
KXDR Janubiy Koreyaga 420 ta chiqindi sharini uchirdi
23:52 / 03.09.2024