O‘zbekiston | 13:16 / 28.06.2022
2811
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 5 yilga qamaldi

Xatirchilik 19 yoshli ushbu ayol 6 oylik chaqalog‘ini 4 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudida farzandini sotgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Kun.uz’ga ushbu sud raisi Sherali Homidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2003 yilda tug‘ilgan ayol 2022 yil 29 yanvar kuni Xatirchi tumanining Galabek mahallasida joylashgan “Tohir bobo” choyxonasida 2021 yil 14 dekabrda tug‘ilgan o‘g‘lini boshqa bir fuqaroga 4 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan. Ammo u ishini oxiriga yetkazolmagan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sudda ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan hamda unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Mavzuga oid