SPORT | 14:29 / 30.06.2022
2075
4 daqiqa o‘qiladi

Nikolay Valuyev o‘zbek boksidagi o‘zgarishlar haqida izoh berdi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Bir necha kun avval O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Kuba boks maktabi asoschisi bo‘lgan Boks federatsiyasining yangi maslahatchisini jamoatchilikka taqdim etgan edi. O‘tgan haftada Karlos Vilyanueva ishchi guruh boshchiligida respublika hududlariga tanishuv safari bilan borgan edi.

Kubalik mutaxassis boks bo‘yicha sport maktablari va sport-ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor beradi. Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida trenerlar ishtirokida dolzarb masalalar muhokama qilingan holda rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 

Saken Polatov yangi maslahatchi faoliyatini sharhlar ekan, shunday dedi: «Nazarimda, Karlos juda mutanosib strategiyaga ega. Joylarda uzluksiz va ba’zan muntazam ishlamasdan turib, boksning barqaror rivojlanishiga erishishning iloji yo‘q. Ha, O‘zbekiston boksning eng kuchli davlatlari qatorida munosib o‘rin egallaydi, ammo bu eng yirik natija, deb kim aytadi? Ishonchim komilki, yangi mutaxassisimiz natijalarni sezilarli darajada oshirishga yordam beradi». 

Har uchala viloyatda Boks federatsiyasi delegatsiyasi yosh sportchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va Karlos Vilyanuyeva murabbiylar shtabiga tavsiyalar berib, ishni tashkil etish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etib, bo‘lajak chempionlarni tayyorlashning yangi usullari bilan bo‘lishdi.

Rossiyalik sportchi va siyosatchi Nikolay Valuyev ichki boksni isloh qilish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «O‘zbekistonlik hamkasblarimni tabriklayman. Ofarin, to‘g‘ri ish qilindi, Kuba maktabi sovet maktabidan chiqqan. O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning bokschilari xalqaro musobaqalarda yuqori saviyada natijalar  ko‘rsatishmoqda. Ayni damda, har qanday sport turi tizimga muhtoj, do‘stlarimiz ham shunday yo‘ldan borayotgani quvonarli. Jismoniy madaniyat asoslarini tom ma’noda bolalar bog‘chasidan joriy etish lozim, lekin ko‘proq darajada, albatta, o‘rta ixtisoslik bosqichidan boshlab, Rossiyada bu tizim qisman tark etilgan, ammo uning ba’zi elementlari hozirda tiklanmoqda.  

Bu borada mamlakat rahbariyatining o‘rni katta, deb o‘ylayman. Bu sport tizimini, jumladan, maktab ta’limi darajasida rivojlanishini rag‘batlantirishning yagona yo‘li. Faqat bu holatda, natija uchun qayg‘uradigan ishtiyoqli odamlar ma’lum bir sport turining boshida turishi sharti bilan tizim izchil va samarali bo‘ladi. O‘ylaymanki, O‘zbekistonda hammasi bir vaqtga to‘g‘ri keldi».

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekistonda bokschilarni tayyorlashning Milliy standarti ishlab chiqilib, uni O‘smirlar sport maktabi, boks maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida joriy etish rejalashtirilgan. Bu yangi yulduzlar nomlarini kashf qilish yo‘lidagi samarali tanlov uchun qo‘shimcha turtki beradi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Mavzuga oid