Toshkent viloyatida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan Agrar universitet xodimi ushlandi
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan universitet xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Toshkent davlat agrar universiteti xodimi F.X. fuqaro Sh.ni ushbu universitetda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni 4 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mahkama e’lon qilgan xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin Agrar universitet sobiq rektori qamoqda ekani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:56 / 21.09.2024
Moliyaviy piramida uslubidagi firibgarlar davlat bog‘chalarida targ‘ibot boshladi
21:05 / 16.09.2024
Toshkentda odamlarning mulkini aldov yo‘li bilan egallagan shaxslar ushlandi
14:00 / 15.09.2024
"Bu halokatli tugaydi" - moliyaviy piramidalarning sabab va oqibatlari haqida suhbat
14:14 / 07.09.2024