O‘zbekiston | 17:00 / 30.06.2022
13085
3 daqiqa o‘qiladi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: do‘stona siyosat va inson huquqlariga nisbatan hurmat

Konstitutsiyaning 17-moddasiga yangi o‘zgartishlarning kiritilishi bizning fikrimizcha quyidagi holatlar bilan belgilanadi.

Foto: Kun.uz

Birinchidan,  mamlakatimiz o‘z rivojlanishining yangi bosqichida ochiqlik, izchillik va shijoati  bilan aniq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosatning hozirgi va kelajakdagi strategik vazifalari mohiyatidan kelib chiqadi. Ushbu o‘zgartirish tashqi siyosatning umume’tirof etilgan prinsiplari, konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan.

Ikkinchidan, dunyoda tahlikaviy vaziyat kuzatilmoqda. Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar, tortishuvlar, siyosiy taranglik turli darajadagi mojarolarni keltirib chiqarmoqda. Tabiiy ravishda ayrim mintaqalardagi umumiy ahvol va davlatlararo munosabatlarning keskinlashishi tashqi siyosatda yangi yondashuvlarni talab etadi. Shuningdek, barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini olib borishga doir mazkur yangi prinsipning kiritilishi shu yo‘nalishda olib borilayotgan  ishlarning o‘ziga xos mantiqiy davomi bo‘ldi, hamda mustahkam yangi konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarni shakllantiradi.

Uchinchidan, bunday o‘zgartirishlar, konstitutsiyamiz normalarini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash maqsadida kiritilmoqda. Shuningdek, tashqi siyosatni amalga oshirishni “shaxs - jamiyat – davlat” va ijtimoiy davlat paradigmasi bilan uyg‘unlashtirishga yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Demak, Yangi o‘zgartirishlar Konstitutsiyamiz normalarini inson huquq va manfaatlari va uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash maqsadida kiritilmoqda. Bu Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish va keng ko‘lamli islohotlarning konstitutsiyaviy asosi bo‘lib xizmat qiladi;  davlat tashqi siyosatining xatti-harakatlari yaxlit mujassamlashgan shaklda eng oliy hujjatda siyosiy-huquqiy kafolat sifatida mustahkamlaydi. O‘z navbatida davlatimiz rivojlanishning xalqaro siyosatdagi yangi istiqbolini belgilaydi; Konstitutsiyamizga barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini olib borishga doir mazkur yangi prinsipning kiritilishi mazkur ishlarning o‘ziga xos mantiqiy davomi bo‘ldi hamda mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini shakllantiradi.

S.A. Jo‘rayev,
Toshkent davlat sharqshunoslik
universiteti professori

Mavzuga oid