Surxondaryoda soxta hujjatlar bilan yer «sotgan» mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz tumani hokimligi qoshidagi ishchi guruh mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz tumani Yangi hayot mahallasi hududidagi qishloq xo‘jaligi yerlari soxta hujjatlar asosida talon-toroj qilingani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. Holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish davomida Termiz tumani hokimligi qoshidagi yer tanlash va ajratib berish va yerdan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh mansabdor shaxslari va boshqalarning jinoiy xatti-harakatlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, joriy yil 8 iyul kuni Termiz tumani hokimligi qoshidagi yer tanlash va ajratib berish va yerdan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi, 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryoda o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
14:20 / 24.10.2024
Xohish bo‘lsa bas: tashlandiq yerlarni bo‘stonga aylantirganlar
14:20 / 15.10.2024
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi
09:16 / 29.09.2024