Jahon | 15:58 / 09.07.2022
11156
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus ham yevroobligatsiyalar bo‘yicha defoltga yaqinlashmoqda

Belarus 13 iyulgacha investorlar oldidagi majburiyatlarini valutada bajarmasa, bu defolt deb hisoblanadi, deya ma’lum qildi Fitch Ratings.

Foto: AFP / Getty Images

Fitch xalqaro reyting agentligi 7 iyul kuni Belarusning xalqaro valutadagi uzoq muddatli reytingini CCC (defolt yuzaga kelishining real ehtimoli)dan C (defolt jarayoni boshlandi)ga o‘zgartirdi.

Bunday qaror Belarus rasmiylarining iyun oyi oxirida yevroobligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlarini belarus rublida to‘lashini e’lon qilishi ortidan qabul qilindi.

Minskning bu xatti-harakatlari yevrobond chiqarish qoidalariga zid deb ko‘rilmoqda.

Belarus yevroobligatsiyalar bo‘yicha qarzlarini rublda to‘lash bo‘yicha ilk operatsiyani amalga oshirib bo‘lgan. Biroq 13 iyulgacha investorlar oldidagi majburiyatlarini tegishli valutada bajarmasa, Fitch buni defolt deb hisoblaydi.

Iyun oyi oxirida Moody’s agentligi Rossiya yevrobondlar bo‘yicha texnik defoltga uchraganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid