Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
Samarqand viloyatida yashovchi haydovchi Cobalt mashinasi bilan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 9 iyul kuni soat 1:00 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 975-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi haydovchi Cobalt mashinasi bilan Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Zarbdor tumanida yashovchi, 58 yoshli piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Jizzaxda VAZ-2106 mashinasi ro‘paradan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024