O‘zbekistonda 1 mln 842 ming tonna bug‘doy davlat zaxirasiga ajratildi
Respublika bo‘yicha 2 mln 655 ming 846 tonna bug‘doy qabul qilindi, shundan 1 mln 842 ming 70 tonnasi davlat zaxirasiga ajratildi. Bu haqda “O‘zagroinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 15 iyul holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha jami 2 mln 655 ming 846 tonna, shundan, 1 mln 842 ming 70 tonna bug‘doy davlat zaxirasiga, 572 ming 942 tonna bug‘doy vaqtincha saqlash uchun va 240 ming 834 tonna urug‘lik don qabul qilindi.
Inspeksiya hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan donlar sifati qayta sinovdan o‘tkazilgan.
Bildirilishicha, korxona laboratoriyalari xodimlari tomonidan donning sifatini noto‘g‘ri aniqlash hisobiga fermer xo‘jaliklariga jami 223 mln 291 ming so‘m kam to‘langani aniqlanib, xo‘jaliklarga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
12:59 / 10.04.2024
Qozog‘iston bug‘doyining O‘zbekistonga eksporti o‘tgan mavsumdagi darajadan oshdi
20:36 / 04.03.2024
Qozog‘iston O‘zbekistonga bug‘doy yetkazib berish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda
18:38 / 26.12.2023