Yerga kuchli magnit bo‘roni yaqinlashmoqda
Kuni kecha Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi, bu Yerda magnit bo‘ronini keltirib chiqarishi mumkin. 21-23 iyul kunlari bo‘ronning eng yuqori cho‘qqisi kuzatilishi kutilmoqda, ammo ob-havoga bog‘liq bo‘lgan odamlar hozirdanoq noqulaylikni his qilishi mumkin.
18 iyuldan 21 iyulgacha magnit tebranishlarining kuchi 3-4 ballni tashkil etadi, keyingi kunlarda u 5 ballga yetadi, deb yozadi «Komsomolskaya pravda». Mutaxassislarning hisob-kitoblari boshqacha: ba’zi ekspertlar bo‘ron sayyoraga faqat 19 iyulda, boshqalari esa bir necha kundan keyin yetib kelishini bildirmoqda.
Gismeteo ma’lumotlariga ko‘ra, 18-20 iyul kunlari magnit faolligi kichik darajada baholanmoqda - magnit maydonining «kichik buzilishlari» kuzatiladi.
Meteorologlarning eslatishicha, magnit bo‘ronlari davrida odamlar sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaslik uchun oddiy qoidalarga amal qilish kerak. Bunda, kuchli ovqatlar, spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik, chekmaslik tavsiya etiladi. Mutaxassislar, shuningdek, fuqarolarga, ayniqsa, ob-havo sharoitiga sezgir bo‘lganlarga avtomobil haydashdan tiyilish va stressdan qochishni maslahat beradi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, magnit bo‘ronlari ta’siri ostida holsizlik, psixoemotsional holatning pasayishi, bosh og‘rig‘i va uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Simptomlar tana xususiyatlariga, odamning yoshiga, surunkali kasalliklarning mavjudligiga bog‘liq. Keksa odamlar meteorologik holatga ko‘proq moyildir.
Juda kuchli magnit bo‘ronlari radioelektronika va turli aloqa vositalarining ishlashida uzilishlarga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
00:32 / 25.10.2024
Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Bu Yerda magnit bo‘ronini yuzaga keltirishi mumkin
11:26 / 01.10.2024
Olimlar Quyosh qachon “o‘lishini” ma’lum qildi: Yerga nima bo‘ladi?
11:21 / 23.09.2024