XTV tizimida O‘quvchi-yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash markazi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi vazirligi tizimida O‘quvchi-yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligining Zomin tumanidagi 60-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzurida davlat maktabdan tashqari ta’lim muassasasi shaklida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘quvchi-yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun kelajak kasblariga yo‘naltiruvchi to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;
- o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli va maqsadli foydalanish, ularning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish, zamonaviy fanlarni chuqur o‘rgatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- o‘quvchi-yoshlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, axborot makonidagi turli tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni hosil qilish;
- o‘quvchi-yoshlarning mustaqil tashabbus va shaxsiy g‘oyalarini ilgari surish, hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishini ta’minlashga yo‘naltirilgan mahorat darslarini hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.
Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni 30 nafar (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) etib belgilandi.
Bunda markazga Jizzax viloyati Zomin tumani Xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan maktab direktorining kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘rinbosari — markaz direktori rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
12:10 / 24.10.2024
O‘quvchilar ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasligi aytildi
12:58 / 17.10.2024
Sirdaryoda 1-sinf o‘quvchisi igna sanchish bilan jazolanayotgani aytilmoqda
12:10 / 10.10.2024
200 ming so‘mlik ijara va uch o‘lim: Namangandagi maktab o‘quvchisi sodir etgan ayanchli avtohalokat tafsilotlari
16:52 / 02.10.2024