O‘zbekiston | 07:19 / 25.07.2022
31756
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda jazirama haroratda bug‘doyzorga tashlab ketilgan 9 oylik bola topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 60 darajali haroratda chaqaloq bug‘doyzorga tashlab ketilgani, u Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani, "Shukur to‘xta" fermer xo‘jaligi yerlaridan topib olingani haqida ma’lumot tarqaldi. Buxoro viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Foto: IIB axborot xizmati

Aniqlanishicha, 2022 yilning 22 iyul kuni soat 16:07 da viloyat IIBning 102 avtomatlashtirilgan tizimiga G‘ijduvon tumani “Ko‘lijabbor” MFY Ko‘xna Nayman qishlog‘ida joylashgan “Shukur To‘xta” fermer xo‘jaligi dala maydoni yoqasidagi (kapa) shiyponda shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola topib olinib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar G‘ijduvon tumani IIB navbatchilik qismida qayd qilinib, tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘limida shifokorlar nazoratiga olingan bo‘lib, holat yuzasidan G‘ijduvon tuman ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.

Mavzuga oid