Sport | 13:13 / 27.07.2022
8352
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonda milliy kamonbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi 

O‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonda milliy kamonbozlik musobaqasida sovrindor bo‘ldi.

Foto: Suvoriys Club

O‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonning Chimkent shahrida milliy kamonbozlik bo‘yicha bo‘lib o‘tgan turnirda sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Xususan, milliy kamonbozlik bo‘yicha “Suvoriylar” jamoasidan ikki kishi 1-o‘rin va gran-prida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Xalqaro musobaqada o‘zbekistonliklardan 7 nafar sportchi qatnashib, shundan ikki nafari sovrindorlar safidan o‘rin oldi.

O‘zbekistonlik Jahongir Shukurov turkiy nishonga otish bo‘yicha (puta), Abror Gulbayev jambi otish bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, Abror Gulbayev gran-prida faxrli 2-o‘ringa ega chiqdi. 

Mavzuga oid