UYeFA turk fanatlarining «Putin» deb hayqirishi bilan bog‘liq mojaroni tekshirmoqda
UYeFA etika inspektori «Fenerbahche» va Kiyevning «Dinamo»si o‘rtasidagi o‘yinda Putinning ismi va familiyasini aytib baqirgan turkiyalik muxlislarning xatti-harakatlarini tekshiradi.
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) internetda 27 iyul, chorshanba kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi doirasidagi «Fenerbahche» – «Dinamo» Kiyev o‘yini videosi paydo bo‘lgach, turkiyalik muxlislarga nisbatan intizomiy tergov boshlanganini ma’lum qildi. Tribunalarning muxlislar sektoridan olingan videoda «Fenerbahche» fanatlari Vladimir Putinning ismi va familiyasini aytib, bir necha bor hayqirganini eshitish mumkin.
UYeFA saytida «Fenerbahche» muxlislarining nomaqbul xatti-harakatlari bo‘yicha intizomiy tergov boshlangani haqida e’lon qilingan kartochka paydo bo‘ldi, bu «axloq va intizom inspektori» tomonidan amalga oshiriladi.
Ukraina jamoasi o‘yinda hisobni ochganidan so‘ng turk muxlislari Putin deb baqira boshlagan. Jamoalar uchrashuvi «Dinamo»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi, ukrainaliklar qo‘shimcha daqiqalarda ikkinchi golni urdi. Kiyevliklar g‘alaba qozonganiga qaramay, «Dinamo» bosh murabbiyi Mircha Luchesku o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdan bosh tortdi.
UYeFA Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvida ukrainaliklar Avstriyaning «Shturm» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
«Fenerbahche» mag‘lubiyatining ertasiga Instagram’ning turkiyalik foydalanuvchilari Moskvaning «Dinamo» futbol klubi sahifasida Putinni qo‘llab-quvvatlovchi izohlar va Rossiya bayroqlari tushirilgan emodzilar qoldira boshladi. Baza nashrining taxmin qilishicha, turkiyalik muxlislar shu tariqa Ukraina jamoasi ustidan kulmoqchi bo‘lgan, biroq klublarning akkauntlarini aralashtirib yuborgan.
Rossiya jamoalari 2022 yilgi Chempionlar ligasida ishtirok etmayapti - UYeFA RFning Ukrainaga bostirib kirishi sababli mamlakatni barcha xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlatdi. Iyun oyida sport arbitraji RFUning klublar faoliyatini to‘xtatib turish bo‘yicha apellyatsiyalarini rad etdi. Shu bilan birga, Rossiya futbol jamoasi sobiq sardori Igor Denisov Rossiyaning harakatlarini ochiqdan ochiq tanqid qilib, Putinga urushni tugatish talabi bilan ochiq xat yo‘llaganini aytdi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax ham Rossiyani tajovuzkor deb atadi. Shu bilan birga, XOQ rahbari tashkilot rossiyalik sportchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishini va ayrim hollarda ular Rossiya agressiyasiga qarshi chiqish imkoniga ega emasligini tushunishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
13:45 / 08.04.2024
Turkiyada antiqa final, Shomurodov g‘alabaga hissa qo‘shdi. Yevropada kun o‘yinlari
16:16 / 18.03.2024
Turkiya chempionatida yana mushtlashuv. Mezbon fanatlar «Fenerbahche» futbolchilariga hujum qildi
14:42 / 22.12.2023
«Qonuniy kuzir». Superliga mashmashalarining navbatdagi bosqichi haqida
23:25 / 21.12.2023