«Prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro B.E. boshqa bir fuqaro F.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro S.S. boshqa bir fuqaro A.H.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 350 AQSh dollari olganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Mahkama xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
16:00 / 07.09.2024
Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
20:34 / 31.08.2024