Iqtisodiyot | 13:02 / 03.08.2022
37237
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bozorlarida mosh, pomidor va guruch qimmatlashdi

Joriy yilning 1–31 iyul kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlari ulgurji narxi o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot e’lon qilindi.

Foto: Veronique DURRUTY/Gamma-Rapho via Getty Images

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu davr mobaynida bozorda bulg‘or qalampiri (qizil) 11 250 so‘mga, banan 5 000 so‘mga, apelsin 4 000 so‘mga, mandarin va olma 2 500 so‘mga, baqlajon 400 so‘mga, kartoshka (yangi hosil), sabzi (sariq, qizil), tarvuz 250 so‘mga hamda kartoshka (import) 100 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, kivi 13 500 so‘mga, limon 10 000 so‘mga, mosh 3 000 so‘mga, turp 2 750 so‘mga, pomidor (pushti), nok (import), loviya 2 500 so‘mga, guruch (alanga) 1 500 so‘mga, pomidor (qizil) 1 250 so‘mga, sarimsoq piyoz, lavlagi, guruch (lazer) 1 000 so‘mga, piyoz 850 so‘mga, bodring 500 so‘mga oshgan.

1–31 iyul kunlari umumiy qiymati 99 mln AQSh dollarlik (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 23 mln AQSh dollari ko‘p) jami 147 ming tonna (22 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Mazkur davrda 19,9 ming tonna olxo‘ri, 17,5 ming tonna qovun, 13,8 ming tonna uzum, 12,4 ming tonna tarvuz, 8 ming tonna piyoz, 4,7 ming tonna sabzi, 4,3 ming tonna olma, 3,7 ming tonna mosh, 2,7 ming tonna shaftoli, 2,5 ming tonna quritilgan meva tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Ushbu davr mobaynida 8 mln AQSh dollari (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 3,8 mln AQSh dollari ko‘p) qiymatidagi jami 12,8 ming tonna (41 tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 3,9 ming tonna banan, 3,5 ming tonna kartoshka, 371 tonna apelsin, 184 tonna olma, 87 tonna limon import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, Qo‘yliq bozoriga 1–31 iyul kunlari hududlardan jami 29,7 ming tonna, xususan, 10,4 ming tonna kartoshka, 13,2 ming tonna piyoz, 1,1 ming tonna karam va 5 ming tonna sabzi keltirilgan. 

Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Samarqanddan 7 046 tonna, Toshkent viloyatidan 2 036 tonna, Namangandan 1 309 tonna kartoshka; 

Toshkent viloyatidan 7 767 tonna, Jizzaxdan 3 770 tonna, Surxondaryodan 1 284 tonna va Namangandan 359 tonna piyoz; 

Toshkent viloyatidan 1 060 tonna karam; 

Toshkent viloyatidan 1 472 tonna, Andijondan 762 tonna, Qashqadaryodan 688 tonna, Surxondaryodan 650 tonna, Sirdaryodan 520 tonna, Farg‘onadan 504 tonna va Jizzaxdan 429 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, Qo‘yliq bozoriga Pokistondan 55 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1–31 iyul kunlari jami 320 tonna, jumladan, 271 tonna mol go‘shti va 49 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Mavzuga oid