Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziriga qo‘ng‘iroq qildi
8 avgust kuni O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhonga telefon qildi. Bu haqda qirollik tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va ularni barcha sohalarda rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda umumiy manfaatdor masalalar muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT davlat rahbarlari sammitida Saudiya Arabistoniga ShHT bo‘yicha muloqot hamkori maqomini berishga oid memorandum imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, ushbu sammitga valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon ham tashrif buyurishi mumkin.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
08:20 / 11.09.2024
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
09:44 / 29.06.2024