Foto: Seulda so‘nggi 80 yillikdagi eng kuchli jala oqibatlari
Janubiy Koreya poytaxti Seul va unga tutash bo‘lgan hududlarda so‘nggi 80 yil ichidagi eng kuchli jala yog‘ishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, yetti kishi bedarak yo‘qoldi. Shaharda temiryo‘l aloqasi izdan chiqqan, bir necha metro bekatlari suvga to‘lgan, 80 ta yo‘l uchastkasi yopib qo‘yilgan.
Seul va uning atrofidagi hududlar 8 avgust kuni boshlangan, 1942 yildan buyon kuzatilmagan kuchli yomg‘ir va jaladan keyin suv ostida qoldi. Seshanba kuniga o‘tar kechasining o‘zida Janubiy Koreya poytaxtiga 422 millimetr yog‘ingarchilik tushgan — bu butun oylik normadan ko‘proq. Seul va uning atrofidagi hududlarda hozirgacha to‘qqiz kishi halok bo‘lgan va yetti kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. 2,6 mingdan ortiq uylar suv ostida qolgan; Seulda 570, shahar atrofidagi hududlarda 1,2 ming kishi vaqtincha boshpanalarga joylashtirilgan. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yel hukumat nomidan mamlakatning tabiiy ofatdan jabrlangan fuqarolaridan uzr so‘radi. Quyida ushbu jala oqibatlari aks etgan suratlar.
Mavzuga oid
21:43 / 19.09.2024
Dunay daryosi suvi kritik darajaga ko‘tarilib, Vengriya parlamenti binosiga qadar yetib bordi
01:06 / 18.09.2024
Myanmada suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi
20:48 / 17.09.2024
Markaziy Yevropadagi suv toshqinlari: qurbonlar soni ortmoqda, Polshada favqulodda holat e’lon qilindi
17:21 / 14.09.2024