Jamiyat | 20:02 / 16.08.2022
12879
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi vafot etdi

Optra rusumli mashinaning shinasi qo‘yib yuborgan va haydovchi mashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 8 avgust kuni soat 02:30 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani Yoyilma mahallasi hududidan o‘tgan 971-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Zarbdor tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Optra rusumli mashinani Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotganda mashina shinasi havoni qo‘yib yuborgan. Shundan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashina yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida mashina salonida bo‘lgan ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, ulardan biri voqea joyida, yana biri esa shifoxonada vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yana bir fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid